O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish uchun Efekta platformasini joriy etish muhokama qilindi

O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish uchun Efekta platformasini joriy etish muhokama qilindi

O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish uchun Efekta platformasini joriy etish muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buyuk Britaniyaning “Efekta” kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakat Kasbiy taʼlim agentligida ingliz tilini o‘qitish uchun onlayn platformani joriy etish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish, til o‘rganish samaradorligini oshirish hamda xalqaro tajribani milliy taʼlim tizimiga moslashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar platforma orqali kasb-hunar kollejlari talabalarining kompetensiyalarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Efekta — sunʼiy intellekt asosida ishlovchi zamonaviy taʼlim platformasi bo‘lib, u o‘quvchilar natijalarini tahlil qiladi va o‘qituvchilarga darslarni rejalashtirish hamda o‘qitish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling