Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
O‘zbekistonda ilk bor “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk bor “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk bor “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA)ning tegishli qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (“UzTest”) DM huzuridagi Halol sertifikatlashtirish idorasi Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan O‘zbekistondagi ilk tashkilot sifatida eʼtirof etildi. Bu haqdagi maʼlumot Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan.

Halol sertifikatlashtirish idorasi OIC/SMIIC 2:2019 – “Conformity Assessment: Requirements for Bodies Providing Halal Certification” xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tdi. Bu esa O‘zbekistonda halol standartlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun yangi bosqichni anglatadi.

Hozirgi vaqtda jahon bozorida halol standartlari va sertifikatlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Xususan, mahsulotlarni eksport qilish jarayonida har bir mahsulot turiga mos sertifikatlar talab qilinadi, ular orasida Halol sertifikati ham muhim o‘rin tutadi. Bu sertifikat xorijiy, ayniqsa, Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC)ga aʼzo davlatlarga mahsulot eksport qilishda texnik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Xalqaro ekspertlar maʼlumotlariga ko‘ra, halol sohasi jahon iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biriga aylandi. Hozirgi kunda halol oziq-ovqat va ichimliklar sanoati hajmi 2 trillion AQSH dollari, ziyorat turizm 400 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Mazkur natija O‘zbekistonning xalqaro standartlar tizimiga integratsiya jarayonidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lib, mamlakat mahsulotlarining eksportini jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling