O‘zbekistonda havo harorati +32 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda havo harorati +32 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda havo harorati +32 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zgidromet maʼlumotiga ko‘ra, seshanba kuni va ish haftasi oxirigacha O‘zbekistonning ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda.

Kichik yog‘ingarchiliklar, jumladan qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroqlar faqat 26 mart kuni va 27 martga o‘tar kechasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuzatilishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qor bilan aralash yog‘ishi kutilmoqda.

Havo harorati kechasi +10…+15 darajani, kunduzi esa +23…+28 darajani tashkil etadi.

Mamlakatning shimoliy va janubiy cho‘l hududlarida ayrim joylarda havo +30…+32 darajagacha isishi mumkin.

Shamol tezligi sekundiga 7–12 metrni tashkil etadi, ayrim joylarda 13–18 metrgacha kuchayishi, ayrim hududlarda esa chang‘ bo‘ronlari kuzatilishi mumkin.

Poytaxt Toshkent shahrida yog‘ingarchiliksiz ob-havo prognoz qilinmoqda. 24–26 mart kunlari kunduzgi harorat +23…+26 darajani tashkil etadi, 27 mart kuni esa +27…+29 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi havo +10…+15 darajagacha iliq bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling