Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
O'zbekistonda HAVAL avtomobillarini ishlab chiqarish kengayib bormoqda

O'zbekistonda HAVAL avtomobillarini ishlab chiqarish kengayib bormoqda

O'zbekistonda HAVAL avtomobillarini ishlab chiqarish kengayib bormoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 30-oktabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning Great Wall Motor kompaniyasi vitse-prezidenti Shi Tsinke va ADM Jizzakh rahbariyati bilan uchrashdi.

Great Wall Motor – 1984-yilda Xitoyning Xebey viloyati, Baodin shahrida tashkil etilgan yirik xususiy avtomobilsozlik kompaniyalaridan biridir. 2023-yilda ADM Jizzakh kompaniyasi Great Wall Motor bilan kelishuv imzolagan bo‘lib, uning doirasida HAVAL brendi avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan.

Ishlab chiqarish jarayonlari ADM Jizzakh quvvatlarida amalga oshirilmoqda, bu yerda Jolion, M6, Dargo, H6, H9 va Wingle modellari yig‘iladi.

Uchrashuvda tomonlar mashinasozlik sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Alohida e’tibor avtomobil ehtiyot qismlarini eksport qilish, ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirish va soha uchun malakali kadrlar tayyorlashga qaratildi.

Shuningdek, muhim natija sifatida – 10 minginchi HAVAL avtomobilining ishlab chiqarilgani qayd etildi. Bu yutuq O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishida va mamlakatning mintaqaviy avtomobil markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling