Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 10/04/2025 O‘zbekistonda haj va umra ziyorati sohasida 25 mlrd so‘mlik firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda haj va umra ziyorati sohasida 25 mlrd so‘mlik firibgarlik holatlari aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi haj va umra ziyoratini tashkil etish sohasida firibgarlik holatlari aniqlanganini maʼlum qildi.

Xususan, Panorama Airways va Gulbakhor Airways kompaniyalari misolida keltirilgan holatlarda jami 25 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani qayd etilgan. Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu noqonuniy faoliyat natijasida 2 558 nafar fuqaro jabr ko‘rgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu kompaniyalar va fuqarolarni chalg‘itgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rgan.

Qo‘mita taʼkidlashicha, haj va umra ziyorati xizmatlarini ko‘rsatish faqat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan kompaniyalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bugungi kunda bu xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega 12 ta rasmiy turoperator ro‘yxati eʼlon qilingan.

Shu munosabat bilan fuqarolarga faqat litsenziyaga ega kompaniyalarga murojaat qilish tavsiya etiladi. Agar shubhali reklama yoki noqonuniy harakatlar kuzatilsa — darhol 1159 raqami orqali xabar berish so‘ralmoqda.

«Ushbu sohada litsenziyasiz faoliyat yuritish mutlaqo man etilgan», — deya taʼkidladi Qo‘mita.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling