Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
O‘zbekistonda haj va umra ziyoratchilari ro‘yxatdan o‘tishi uchun yagona onlayn-portal ishga tushirildi

O‘zbekistonda haj va umra ziyoratchilari ro‘yxatdan o‘tishi uchun yagona onlayn-portal ishga tushirildi

O‘zbekistonda haj va umra ziyoratchilari ro‘yxatdan o‘tishi uchun yagona onlayn-portal ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” nomli yangi elektron platforma ishga tushirildi. Ushbu portal orqali fuqarolar haj safarida ishtirok etish uchun elektron tarzda ariza topshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Portalni yaratishdan maqsad — ziyoratchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini yana-da qulay va shaffof qilish, shuningdek, navbat shakllantirishda inson omilini butunlay bartaraf etishdan iborat.

Portal orqali hajni ado etish niyatida bo‘lgan fuqarolar uchun yagona elektron navbat tizimi yaratiladi hamda arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.

Endilikda ziyoratchilar uylaridan chiqmasdan turib, masofadan ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bu orqali tashkilotlarga shaxsan borish, hujjat to‘plash va turli byurokratik jarayonlardan o‘tish zarurati yo‘qoladi.

Arizani ikki yo‘l bilan topshirish mumkin — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki haj-umra.gov.uz saytida.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling