Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
Sport 25/08/2025 O‘zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Mamlakatimizda futbolni yana-da rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko‘paytirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish;

iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish.

Qarorga ko‘ra, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi.

2026 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

2026 yil 1 martdan futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling