O‘zbekistonda fuqarolarga ID-kartalar berishda elektron raqamli imzo bepul o‘rnatiladi
O‘zbekistonda fuqarolarga ID-kartalar berishda elektron raqamli imzo bepul o‘rnatiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1 fevraldan boshlab O‘zbekistonda milliy pasport (ID-karta) ilk bor rasmiylashtirilayotganda fuqarolarga elektron raqamli imzo sertifikati bepul taqdim etiladi, shuningdek «Elektron hukumat» tizimining foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish yagona axborot tizimida bepul ro‘yxatdan o‘tkazish avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Ushbu chora-tadbirlar Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, 19 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan maʼqullandi.
Tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — ichki ishlar organlarining migratsiya va personalizatsiya sohasidagi faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek tegishli xizmatlarni yana-da raqamlashtirishdan iborat.