Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
O‘zbekiston 11/07/2025 O‘zbekistonda fuqarolar va mehmonlarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish qoidalari yangilanadi

O‘zbekistonda fuqarolar va mehmonlarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish qoidalari yangilanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda UzA Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish mas’ul xodimlar tomonidan "E-mehmon" tizimi orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O‘zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi shart.

O‘zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:

ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida;

davlat xizmatlari markazlarida;

YAIDXP (my.gov.uz) orqali.

Yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling