Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 20/02/2025 O‘zbekistonda Flynas aviakompaniyasining yangi sotuv ofisi ochildi

O‘zbekistonda Flynas aviakompaniyasining yangi sotuv ofisi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 19 fevral kuni Toshkent shahrida mintaqa yetakchi loukosterlaridan biri bo‘lgan Flynas aviakompaniyasining yangi sotuv ofisining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Saudiya Arabistonining haҗ va umra vaziri Tavfik Al-Rabia, Flynas vitse-prezidenti Abdulilax Aleadi va aviakompaniyaning rasmiy delegatsiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Transport vazirligi, Madaniyat vazirligi va Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi vakillari, 12 ta litsenziyaga ega haҗ va umra safarlarini tashkil qiluvchi kompaniyalar rahbarlari hamda mamlakatning yetakchi turoperatorlari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda Flynas aviakompaniyasining bosh savdo agenti sifatida B2 MANAGEMENT kompaniyasi faoliyat yuritib, ikki mamlakat o‘rtasida turizm va aviaqatnov sohasida hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

Tashkilotchilar taʼkidlaganidek, Toshkentda ofisning ochilishi O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aviatsiya hamkorligini mustahkamlashda muhim voqea bo‘ldi. Flynas aviakompaniyasi qulay va maqbul narxlardagi parvozlarni taklif etadi, bu esa haҗ va umra ziyoratini amalga oshirayotgan ziyoratchilar, shuningdek, madaniy va ishbilarmonlik turizmi bilan qiziquvchi sayyohlar uchun ayni muddao.

Tadbir davomida aviaqatnovni rivojlantirish istiqbollari va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling