O'zbekistonda faktoring xizmatlari 6,6 trillion so'mga yetdi
O'zbekistonda faktoring xizmatlari 6,6 trillion so'mga yetdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning III choragi davomida kredit tashkilotlari tomonidan jami 6,6 trln soʻmlik faktoring xizmatlari koʻrsatilib, ushbu xizmatlarning 6,1 trln soʻmi yoki 93 foizi tijorat banklari va 453 mlrd soʻmi yoki 7 foizi mikromoliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Bunda, koʻrsatilgan faktoring xizmatlarining 3,3 trln soʻmi yoki 50 foizi raqamli faktoring xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelib,ushbu faktoring xizmatlarining 1,8 trln soʻmi (56 foiz) “Ozplanet” elektron faktoring platformasi, 1,5 trln soʻmi (44 foiz) “Finmakon” elektron faktoring platformasi tomonidan amalga oshirilgan.
Biznes vakillarining aylanma mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlarini faktoring xizmati orqali moliyaviy ta’minlashining ortishi natijasida 2024-yilda faktoring xizmatlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich dekabr oyida 630 mlrd soʻmga yetgan boʻlsa, joriy yilning iyun, iyul oylarida 1,1 trln soʻmdan va sentyabr oyida 849 mlrd soʻm miqdorida faktoring xizmatlari koʻrsatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF–109-sonli Farmoni imzolangandan keyin, kredit tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyeklariga 2024-yilning soʻnggi 4 oyi hamda 2025-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida jami 7,8 trln soʻm miqdorida faktoring xizmatlari koʻrsatildi.
2025-yilning 9 oyi davomida tadbirkorlik subyektlariga davlat ulushi mavjud tijorat banklari tomonidan jami 3,4 trln soʻm (56 foiz), xususiy banklar tomonidan jami 2,7 trln soʻm (44 foiz) miqdoridagi faktoring xizmatlari taqdim qilingan.
Xususan, eng koʻp faktoring operatsiyalari davlat ulushi mavjud tijorat banklarida, Asaka bank (1 trln soʻm shundan, elektron platforma orqali 508 mlrd soʻm), Oʻzsanoatqurilishbank (735 mlrd soʻm, 695 mlrd soʻm), Oʻzmilliybank (659 mlrd soʻm, 450 mlrd soʻm) hissalariga toʻgʻri kelgan.
Shuningdek, xususiy banklar orasida Kapitalbank – 1,2 trln soʻm (31 mlrd soʻm), Hamkorbank – 564 mlrd soʻm (246 mlrd soʻm) va Asia Alliance bank – 252 mlrd soʻm (143 mlrd soʻm) bilan faktoring xizmati koʻrsatishda yetakchilik qilgan.
Shu bilan birga, mikromoliya tashkilotlari tomonidan ushbu davrda jami 453 mlrd soʻmlik debitorlik qarzdorliklar moliyalashtirilgan.
Bugungi kunda, tijorat banklarining qisqa muddatli moliyalashtirish xizmatlarida faktoring xizmatlarini alternativ yechim sifatida keng koʻlamda ommalashtirish choralari koʻrilmoqda.
Natijada, 2024-yilning II yarim yilligida koʻrsatilgan faktoring xizmatlarining qisqa muddatli moliyalashtirishga nisbati 1 foizdan (iyul) 6,1 foizga (dekabr) oshgan boʻlsa, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida ushbu koʻrsatkich 4,5 foizdan 14,1 foizga yetdi .
Hududlar kesimida joriy yilning yanvar-sentaybr oylarida koʻrsatilgan faktoring xizmatlarining asosiy qismi Toshkent shahri (2,9 trln soʻm yoki 43,6 foiz), Andijon viloyati (1,5 trln soʻm yoki 23,2 foiz), Toshkent viloyati (506 mlrd soʻm yoki 7,7 foiz) va Farg‘ona viloyatiga (345 mlrd soʻm yoki 5,2 foiz) to‘gri kelgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati (39 mlrd so‘m yoki 0,6 foiz), Sirdaryo viloyati (33 mlrd so‘m yoki 0,5 foiz) va Jizzax viloyatida (28 mlrd so‘m yoki 0,4 foiz) eng past ko‘rsatkich qayd etilgan.
Mijozlarning tashkiliy shakli boʻyicha koʻrsatilgan faktoring xizmatlarining taqsimotida eng yuqori ulush masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga 3,8 trln soʻm yoki 58 foiz miqdorida faktoring xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, aksiyadorlik jamiyatlariga 1,6 trln soʻmni (24,6 foiz) tashkil etgan.
Shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar 933 mlrd soʻmlik (14,2 foiz) hamda xususiy, oilaviy korxonalar va fermer xoʻjaliklarining 210 mlrd soʻmlik (3,2 foiz) debitorlik qarzlari faktoring xizmatlari orqali moliyalashtirilgan.
Jami faktoring xizmatlarining 244 mlrd so‘mi yoki 4 foizi yillik aylanma mablag‘lari 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga (mikromoliya tashkilotlari 218 mlrd so‘m, tijorat banklari 26 mlrd so‘m), 459 mlrd so‘mi yoki 7 foizi aylanmasi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlarga, 1,2 trln so‘mi yoki 18 foizi aylanmasi 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlarga va 4,7 trln so‘mi yoki 71 foizi aylanmasi 100 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan tadbirkorlarga ko‘rsatilgan.
Muddatlar qirqimida 30 kungacha faktoring xizmatlari jami faktoring xizmatlarining 31 foizini (2 trln so‘m), 31 kundan 60 kungacha – 17 foizini (1,1 trln so‘m), 61 kundan 90 kungacha – 33 foizini (2,2 trln so‘m), 91 kundan 120 kungacha – 11 foizini (0,7 trln so‘m) hamda 121 kundan 180 kungacha - 8 foizini (0,6 trln so‘m) tashkil qilgan.
Miqdorlar bo‘yicha 100 mln soʻmgacha faktoring xizmatlari jami faktoring xizmatlarining 1 foizini (0,08 trln so‘m), 100 mln soʻmdan 500 mln soʻmgacha 10 foizini (0,7 trln so‘m), 500 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha 7 foizini (0,5 trln so‘m), 1 mlrd soʻmdan 5 mlrd soʻmgacha 41 foizini (2,7 trln so‘m) hamda 5 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan faktoring xizmatlari 41 foizini (2,7 trln so‘m) tashkil qilgan.
Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha faktoring xizmatlarining asosiy qismi sanoat sohasiga 3,5 trln soʻm (53 foiz) hamda savdo va xizmat koʻrsatish sohasiga 2,5 trln soʻm (38 foiz) yoʻnaltirilgan. Shuningdek, qurilish va qishloq xoʻjaligi sektorlarida har biri mos ravishda 268 mlrd soʻmlik (4 foiz) va 297 mlrd soʻmlik (5 foiz) debitorlik qarzdorliklar - moliyalashtirilgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida tijorat banklari tomonidan 152 mlrd soʻm ekvivalentidagi (jamiga nisbatan 2%) regress huquqi bilan xalqaro faktoring xizmati koʻrsatildi .
Xalqaro faktoring operatsiyalarida banklar bo‘yicha eng yuqori hajm Mikrokreditbank (5,5 mln dollar yoki 45 foiz), Oʻzmilliybank (3 mln dollar yoki 25 foiz) , Asakabank (2,4 mln dollar yoki 20 foiz) tomonidan ko‘rsatilgan. Shuningdek, Ipak yo‘li banki 946 ming dollar, 47 ming evro va 9,9 mln rubl (9 foiz), Biznesni rivojlantirish banki 104 ming dollar (1 foiz) miqdoridagi xalqaro faktoring operatsiyalarini amalga oshirgan .
Mijozlarning tashkiliy shakli boʻyicha koʻrsatilgan xalqaro faktoring xizmatlarining taqsimotida eng yuqori ulush masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga (139 mlrd soʻm yoki 91,4 foiz) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda xususiy, oilaviy korxona va fermer xo'jaliklarining 11 mlrd soʻmlik (7,5 foiz) va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning 2 mlrd soʻmlik (1 foiz) debitorlik qarzlari faktoring xizmatlari orqali moliyalashtirilgan .
Muddatlar qirqimida 30 kungacha xalqaro faktoring xizmatlari jami xalqaro faktoring xizmatlarining 4 foizini (6 mlrd so‘m), 31 kundan 60 kungacha – 13 foizini (19 mlrd so‘m), 61 kundan 90 kungacha – 37 foizini (55 mlrd so‘m), 91 kundan 120 kungacha – 23 foizini (34 mlrd so‘m) hamda 121 kundan 180 kungacha - 24 foizini (37 mlrd so‘m) tashkil qilgan. Miqdorlar bo‘yicha 500 mln soʻmgacha xalqaro faktoring xizmatlari jami xalqaro faktoring xizmatlarining 4 foizini (6 mlrd so‘m), 500 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha 5 foizini (8 mlrd so‘m), 1 mlrd soʻmdan 5 mlrd soʻmgacha 52 foizini (79 mlrd so‘m), 5 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan faktoring xizmatlari 39 foizini (59 mlrd so‘m) tashkil qilgan.
Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha xalqaro faktoring xizmatlarining asosiy qismi sanoat tarmog‘iga 81 mlrd soʻm (53 foiz) hamda savdo va xizmat koʻrsatish sohasiga 68 mlrd soʻm (45 foiz) mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi sektorlarida 3 mlrd soʻmlik (2 foiz) debitorlik qarzdorliklari moliyalashtirildi.
Xalqaro faktoring xizmatlarining asosiy qismi Rossiya (137,8 mlrd soʻm yoki 91 foiz), Belarus (10,3 mlrd soʻm yoki 6,8 foiz) bilan amalga oshirilgan. Shuningdek, xalqaro faktoring xizmatlarining qolgan qismi Qirg‘iziston (1,6 mlrd soʻmlik yoki 1 foizi), AQSH (1,3 mlrd soʻm yoki 0,8 foizi), Italiya (0,7 mlrd soʻm yoki 0,5 foizi) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tijorat banklari tomonidan mahalliy va xalqaro faktoring xizmati bo‘yicha bank maxsulotlari ishlab chiqilgan bo‘lib, faktoring xizmat turlarining muddatlaridan (180 kungacha) kelib chiqqan holda diskont stavkalari belgilangan. Misol uchun, 30 kungacha bo‘lgan muddatda mahalliy faktoring xizmatlari bo‘yicha Asaka bankda 2 foiz, Oʻzsanoatqurilishbankda 1,84-2,5 foiz, Kapitalbankda 2 foiz va Hamkorbankda 2 foiz diskont stavkalari o‘rnatilgan bo‘lsa, ushbu banklarda xalqaro faktoring xizmatlari bo‘yicha qo‘llaniladigan diskont stavkalari mos ravishda 1 foiz, 1,25 foiz, 1,2 foiz va 1-1,3 foizda belgilangan.