Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari tahsil olmoqda?
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan.
Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:
Hindiston – 6502 nafar;
Turkmaniston – 1430 nafar;
Pokiston – 1250 nafar;
Rossiya Federatsiyasi – 732 nafar;
Qozog‘iston – 639 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi – 369 nafar;
Xitoy – 325 nafar;
Tojikiston – 322 nafar;
Koreya Respublikasi – 197 nafar;
Afg‘oniston – 157 nafar;
Kanada – 126 nafar;
Boshqalar – 431 nafar.