O‘zbekistonda endi avtomashinalar uchun ekologik stikerni onlayn tarzda YIDX portali orqali olish mumkin
O‘zbekistonda endi avtomashinalar uchun ekologik stikerni onlayn tarzda YIDX portali orqali olish mumkin
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — YIDX portalida (my.gov.uz) maʼlum ekologik kategoriyaga ega avtomashinalar uchun ekologik stikerni masofadan turib rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi, bu esa SBDD bo‘limlariga borishni oldini oladi.
Stiker olish uchun portalga kirish yoki my.gov.uz mobil ilovasini ochish, qidiruv satrga «Ekologik stiker» so‘zini kiritish yoki “Transport” bo‘limidagi «Avtotransport vositasi uchun ekologik stiker olish» xizmatini tanlash va arizani tasdiqlash kifoya.
Tayyor stiker uyga o‘n kun ichida yetkazib beriladi. Stikerning o‘zi va uni rasmiylashtirish xizmati bepul, faqat yetkazib berish uchun 20 600 so‘m to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, ekologik stikerlarni joriy qilish «Ekologik transport» tizimining bir qismi bo‘lib, uning ishga tushirilishi shu yilda boshlangan.
Stiker rangi — yashil, sariq yoki qizil — avtomashinaning ekologik klasiga muvofiq belgilanadi va uning ekologik kategoriyasini aks ettiradi.