Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
O‘zbekistonda DXX va IIV narkotiklar aylanmasi va jinoyatchilikka qarshi keng ko‘lamli reydlar o‘tkazdi

O‘zbekistonda DXX va IIV narkotiklar aylanmasi va jinoyatchilikka qarshi keng ko‘lamli reydlar o‘tkazdi

O‘zbekistonda DXX va IIV narkotiklar aylanmasi va jinoyatchilikka qarshi keng ko‘lamli reydlar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimizda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida joriy yilning 20 yanvaridan boshlab DXX va IIV hamkorligida respublika miqyosida tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Guliston shahrida harakatlanayotgan 2002 y.t., muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, haydovchining uyali telefonidan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalariga oid maʼlumotlar olindi.

Tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida, u 2025 yilning dekabr oyidan buyon “Telegram” messenjeridagi tegishli kanallarda bir vaqtning o‘zida “kladmen” va “kimyogar” lavozimlarida ishlab kelganligi hamda Guliston shahrida narkolaboratoriya tashkil qilganligi aniqlandi.

Ushbu manzildan taxminiy chakana narxi 1,8 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 2 kg 787 gr “pregabalin”, kapsula ko‘rinishidagi 1900 dona “pregabalin” va 150 dona “Tropikamid” hamda 1 litr “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda ularni tayyorlashda foydalaniladigan turli anjomlar rasmiylashtirib olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatalari olib borilmoqda.

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Toshkent shahrida yashovchi, 1983, 1988 va 1998 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs 36 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shartli xaridorga 3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlandi. Shuningdek, ularga tegishli “Spark” rusumli avtomashinadan 108 dona “Regapen” va 89 dona “Zardeks” dorilari ham olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan biri tomonidan Yunusobod tumanida ijaraga olingan xonadondan ham kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 7784 dona “Regapen” va 200 dona “Zardeks” dorilari olindi.

Dastlabki surishtiruv davomida, ularni bu turdagi dori vositalari bilan Qo‘qon shahrida yashovchi, 1994 y.t. fuqaro taʼminlab kelganligi aniqlanib, Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda qilingan 5000 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini poytaxtga olib kelgan vaqtida, u ham ushlandi.

Tezkor tadbirlar natijasida jami 13217 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining savdosiga chek qo‘yildi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida poytaxtimizning M.Ulug‘bek tumanida tovlamachilik jinoyatini sodir etgan guruh qo‘lga olindi. Jumladan, 1995 y.t. shaxs o‘zining 4 nafar sheriklari bilan birgalikda oson pul topish maqsadida 2 nafar fuqaroni urib, tan jarohati yetkazish yo‘li bilan ularning 500 AQSH dollarini o‘zlashtirib olishgan. Mazkur holat yuzasidan guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahrida yashovchi, 2003 y.t. shaxs muqaddam Jinoyat Kodeksining 169, 104, 227, 168-moddalari bilan bir necha marotaba sudlangan bo‘lsada, to‘g‘ri yo‘lga o‘tmasdan, hozirda “Malika” savdo majmuasida telefon oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib, o‘zgalarga nisbatan bezorilik, tovlamachilik va zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirib kelgan.

Xususan, u avvaldan o‘ziga tanish bo‘lgan fuqaroga pulini keyinroq berish sharti bilan 4 dona “iPhone 17 Pro Max” rusumli telefonini sotgan bo‘lsada, lekin o‘rtada yuzaga kelgan kelishmovchilik tufayli o‘tkir tig‘li jism bilan uning yuz va qorin qismiga ko‘p marotaba urib, jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Hozirda u qo‘lga olinib, Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling