Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
O‘zbekistonda deputatlar bolalar pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

O‘zbekistonda deputatlar bolalar pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

O‘zbekistonda deputatlar bolalar pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bolalarni jinsiy zo‘ravonliklardan himoyalash, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohlarni so‘roq qilish muddatlarini aniq belgilovchi o‘zgartirishlar kiritilyapti.

Munozaralar davomida qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgani, jumladan, siyosiy partiyalar fraksiyalari, ishchi guruh a’zolari, huquqshunos va olimlar ishtirokida bir qator yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazilgani qayd etildi.

Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar bolalarning huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling