Valyuta kurslari 24/11/2025
$1 – 11971.40
UZS – 0,48%
€1 – 13797.04
UZS – 0,45%
₽1 – 151.81
UZS – 2,39%
Qidirish
“O‘zbekistondа davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish loyihasi” ishga tushirildi

“O‘zbekistondа davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish loyihasi” ishga tushirildi

“O‘zbekistondа davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish loyihasi” ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pilot dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida amalga oshirilmoqda. 

Koreya davlat boshqaruvi instituti (KIPA) delegatsiyasining Toshkent shahriga tashrifi doirasida loyihani ishga tushirish marosimi tashkil etildi. 

Loyihaning asosiy maqsadi – davlat xizmati samaradorligini oshirish, kadrlarning professional malaka oshirishini ta’minlashdir.

Loyiha doirasida davlat tashkilotlarida ishlash uchun zarur professional malakalarni aniqlash va tan olish maqsadida inson resurslari (HR)ni sertifikatlashtirish tizimi joriy etiladi, pilot vazirliklarda esa lavozimlar tahlili (job analysis) o‘tkaziladi.

Shuningdek, Loyiha doirasida metodologik ishlanmalar ishlab chiqish, treninglar va xorijga o‘quv safarlari tashkil etish ham belgilandi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling