Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 24/01/2025 O‘zbekistonda davlat boshqaruvini isloh qilishda Koreyalik ekspertlar yordam beradi

O‘zbekistonda davlat boshqaruvini isloh qilishda Koreyalik ekspertlar yordam beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Koreya davlat boshqaruvi instituti (KIPA) delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda vazirlikning Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, Tashkiliy-nazorat, Strategik rejalashtirish va metodologiya boshqarmalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminarda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi” loyihasi muhokama qilindi.

Ushbu dasturga muvofiq, koreyalik ekspertlar bilan inson resurslarini boshqarish modelini ishlab chiqish va BPR tahlilini o‘tkazish masalalari kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling