Valyuta kurslari 22/09/2025
$1 – 12349.87
UZS – 0,29%
€1 – 14524.68
UZS – -0,38%
₽1 – 148.15
UZS – -0,07%
Qidirish
O‘zbekistonda chaqaloqni ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlanadi

O‘zbekistonda chaqaloqni ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlanadi

O‘zbekistonda chaqaloqni ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda aholi xabardorligini oshirish va chaqaloqlar sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan chaqaloqni ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlanadi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali efirida Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi xodimi Dilfuza Niyozova maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatda ona suti bilan oziqlantirish darajasi sezilarli pasaygan. Shu munosabat bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF klinik protokollari asosida tibbiyot xodimlarini o‘qitish, ona suti bilan oziqlantirish bo‘yicha xalqaro maslahatchilarni tayyorlash hamda yangi tug‘ilgan bolalar uchun tabiiy oziqlanish sharoitini yaratayotgan perinatal markazlarga sertifikat berish amaliyotini tiklashni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan.

Dastur doirasida Sog‘liqni saqlash sohasidagi 18 sanitariya qoida va meʼyorlari JST talablari va Codex Alimentarius standartlari asosida yangilanadi. Bu esa qo‘shimcha oziqlantirish mahsulotlarining xalqaro meʼyorlarga mos kelishini taʼminlaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Bolalar diyetologiyasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Nilufar Axmedova taʼkidlashicha, hozirda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 75 foizi tug‘ilgandan keyingi ilk soatlarda ona sutiga qo‘yiladi, ammo olti oygacha bo‘lgan bolalarning atigi choragi faqat ona suti bilan oziqlanadi. 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkichni 70 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bunga erishish uchun qonunchilikka tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi hamda shifokorlar va ota-onalar uchun axborot materiallari tayyorlangan.

Shuningdek, bolalar ozuqasi ishlab chiqarish, saqlash va muomalaga chiqarishga oid meʼyoriy hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi. Ona suti bilan oziqlantirish uchun sharoit yaratayotgan muassasa maqomiga sertifikat berish jarayoni mamlakat bo‘ylab 230 ta perinatal markaz va tug‘ruqxonani qamrab oladi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov so‘nggi yillarda ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning faol reklama qilinishi sunʼiy oziqlantirish amaliyoti oshishiga olib kelganini taʼkidladi. «Dastur doirasida ona sutining afzalliklarini onamlarga tushuntirish uchun keng qamrovli axborot kampaniyasi o‘tkazamiz», — dedi u.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur tashabbusni maʼqullab, tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish, noinfeksion kasalliklardan o‘lim holatini kamaytirish va yosh avlod sog‘lig‘ini mustahkamlash choralarini kuchaytirishni ham topshirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling