Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
O‘zbekistonda chakana savdo aylanmasi 2026 yil yanvar oyida 14,7 foizga o‘sib, 32,7 trillion so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda chakana savdo aylanmasi 2026 yil yanvar oyida 14,7 foizga o‘sib, 32,7 trillion so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda chakana savdo aylanmasi 2026 yil yanvar oyida 14,7 foizga o‘sib, 32,7 trillion so‘mni tashkil etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida respublikaning chakana savdo tovar aylanmasi 32 698,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025 yilning yanvar oyiga nisbatan 14,7 %ga o‘sdi.

Jumladan, yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 6 772,4 mlrd so‘mni (o‘sish surʼati – 137,7%), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi esa 25 925,9 mlrd so‘mni tashkil etdi (o‘sish surʼati – 109,4 %).

2026 yil 1 fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 87 070 tani tashkil etib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 344 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 86 726 tani tashkil etdi.

2026 yil 1 fevral holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 52 605 tani tashkil etib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 362 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 52 243 tani tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 2026 yilning yanvar oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 35 382,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 15,6 %ga o‘sdi.

Yirik korxonalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi 9 983,9 mlrd so‘mni tashkil etdi (o‘sish surʼati – 122,1 %), kichik biznes subyektlarining tovar aylanmasi esa 25 398,7 mlrd so‘mni (o‘sish surʼati – 113,2 %). Respublikada jami ulgurji savdo hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi 71,8 %ni tashkil etdi.

2026 yil 1 fevral holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 26 877 tani tashkil etib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 114 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 26 763 tani tashkil etdi.

2026 yilning yanvar oyida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 15 171,7 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2025 yilning mos davriga nisbatan 18,9 %ga o‘sdi.

Savdo aylanmasining 82,4 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi, yirik korxonalar ulushi esa 17,6 %ni tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling