Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekistonda bukmekerlikni targ‘ib qilgan taxminan 70 ta saytlar bloklandi

O‘zbekistonda bukmekerlikni targ‘ib qilgan taxminan 70 ta saytlar bloklandi

O‘zbekistonda bukmekerlikni targ‘ib qilgan taxminan 70 ta saytlar bloklandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi internetda qimor o‘yinlari va bukmekerlik xizmatlari reklamacini targ‘atishning oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalari haqida maʼlumot berdi.

Agentlik «qimor o‘yinlari va xavf-xatarga asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi» saytlarni doimiy monitoring qilib boradi hamda tezkor choralar ko‘rish uchun masʼul tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Joriy yil boshidan buyon qo‘mita bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilgan 86 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha Tegishli nazorat organiga maʼlumotlar kiritib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.

Qo‘mita «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 46-moddasi O‘zbekiston hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar reklamacini joylashtirishni taqiqlashini eslatib o‘tdi.

Nazorat organi bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli monitoring va ishlarni davom ettirish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling