Valyuta kurslari 09/10/2025
$1 – 12072.03
UZS – 0,28%
€1 – 14016.83
UZS – -0,2%
₽1 – 148.01
UZS – 0,95%
Qidirish
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlari reklamasi uchun Brasserie kafesi tekshirilmoqda

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlari reklamasi uchun Brasserie kafesi tekshirilmoqda

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlari reklamasi uchun Brasserie kafesi tekshirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Brasserie kafesiga nisbatan o‘rnatilgan monitorlarda bukmekerlik xizmatlariga oid materiallar joylashtirilgani uchun ish qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ushbu maʼlumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan so‘ng jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlangan.

Qo‘mita huzuridagi maxsus komissiyasi tomonidan “One More” MCHJ (“Brasserie” kafesi)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 46-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atildi. talablarini buzish alomatlarini aniqladi.

Qo‘mita maʼlum qilishicha, ish natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalar jamoatchilikka qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling