Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln. so‘mni tashkil qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln. so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlarida qayd etildi.
Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 41,6 trln. so‘mga yoki 12,6% ga oshgan.
2025 yil yanvar–mart oylarida har bir kishi hissasiga to‘g‘ri kelgan bozor xizmatlari hajmi 5,6 mln. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4% ga o‘sdi.
Qaralayotgan davrda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 113,9 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu umumiy bozor xizmatlari hajmining 54%ini tashkil qiladi.