O'zbekistonda Boss brendidan noqonuniy foydalanish aniqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Adliya vazirligi Germaniyaning “Hugo Boss AG” kompaniyasining “Boss” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “O.A.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqdi.
Vazirlik intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ularga hurmatni oshirish bo'yicha tizimli sa'y-harakatlarga qaramay, boshqa brendlardan noqonuniy foydalanish holatlari qayd etilayotganini ta'kidladi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Boss” tovar belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar “O.A.” YTT tomonidan sotuvga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.
2025-yil 10-noyabrdan boshlab o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “O.A.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda sotuv uchun saqlab kelinayotgan 57 dona kontrafakt mahsulotni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.