Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Turizm 27/06/2025 O‘zbekistonda Bolt platformasini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Bolt platformasini joriy etish rejalashtirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Londonda “Bolt” kompaniyasining Hamkor bozorlar bo‘yicha global direktori Gert-Yan Kistemaker bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda “Bolt” platformasini ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, taksi, oziq-ovqat va yuk yetkazib berish, elektrosamokatlar xizmati kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan platforma mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi qayd etildi.

Tomonlar O‘zbekistonning yirik shaharlaridan birida pilot loyihani amalga oshirish va uni kelajakda kengaytirishga qiziqish bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling