Valyuta kurslari 20/01/2026
$1 – 12051.71
UZS – 0,74%
€1 – 14008.91
UZS – 0,87%
₽1 – 154.69
UZS – 0,49%
Qidirish
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi FIFA Series 2026 turniri ishtirokchilari aniqlandi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi FIFA Series 2026 turniri ishtirokchilari aniqlandi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi FIFA Series 2026 turniri ishtirokchilari aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning mart–aprel oylarida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan FIFA Series turnirining barcha ishtirokchilari maʼlum bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, musobaqada O‘zbekiston, Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela milliy terma jamoalari ishtirok etadi.

2025 yil noyabr oyida FIFA O‘zbekistonni 2026 yilgi erkaklar o‘rtasidagi FIFA Series™ turnirini qabul qiluvchi davlatlardan biri sifatida eʼlon qilgan edi. Musobaqa kelasi yilning mart–aprel oylaridagi xalqaro o‘yinlar oynasi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu turnir O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun turli qitʼalar vakillari bo‘lgan jamoalarga qarshi maydonga tushish, xalqaro tajribani kengaytirish hamda o‘z konfederatsiyasi doirasidagi odatiy musobaqalardan tashqarida o‘zini sinab ko‘rish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling