O‘zbekistonda barqaror paxta yetishtirish bo‘yicha milliy anjumani bo'lib otdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-26 fevral kunlari Better Cotton bilan hamorklikda O‘zbekiston paxta ishlab chiqaruvchilari uchun barqarorlik bo‘yicha milliy anjuman tashkil etildi.
Tadbirda Better Cotton rahbariyati, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya, O'zto'qimachiliksanaot uyushmasi rahbariyati va vakillari, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, to'qimachilik korxonalari hamda ilmiy doiralar ishtirok etdi.
Tadbir davomida paxta ishlab chiqarishning barqarorligi bo‘yicha tadqiqot natijalari taqdim etildi. Ekspertlar tomonidan asosiy xulosa va tavsiyalar e’lon qilindi. Muhokamalar chog‘ida quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
Tadbir doirasida xorijiy ekspertlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va O‘zbekiston paxta yetishtirish jarayonining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha strategik takliflar ilgari surildi.
Milliy maslahatlashuv yakunida ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab oldilar.