Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 336,6 mingdan oshdi

O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 336,6 mingdan oshdi

O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 336,6 mingdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar—oktyabr oylari davomida O‘zbekistonda 336 631 ta avtomobil sotildi, deb xabar berdi “O‘zavtosanoat” kompaniyasi.

Ichki bozorda yetakchilikni UzAuto Motors saqlab qolgan bo‘lib, kompaniya 162 677 ta avtomobil sotgan. Bu umumiy sotuvning 48,3 foiziga to‘g‘ri keladi.

Uning sho‘ba korxonasi Khorezm Auto 116 541 ta avtomobil sotib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu bozor ulushining 34,6 foizini tashkil etadi. Yakunda UzAuto Motors‘ning bozordagi jami ulushi 82,9 foizga teng bo‘ldi.

Uchinchi o‘ringa ADM Jizzakh 36 650 ta avtomobil sotish bilan chiqdi. Bu umumiy sotuvning 10,9 foizini tashkil qiladi.

Boshqa ishlab chiqaruvchilar orasida BYD Uzbekistan Factory 19 266 ta avtomobil (5,7 foiz) sotilgani bilan ajralib turadi. Keyingi o‘rinlarda Asaka Motors — 1 042 ta (0,3 foiz), SamAuto — 376 ta (0,11 foiz) va Alyans Auto — 79 ta (0,02 foiz) joylashdi.

Brendlar orasida mutlaq yetakchi Chevrolet bo‘lib, u 279 218 ta avtomobilni sotgan. Ikkinchi o‘rinda 20 594 ta avtomobil sotgan KIA, undan keyin 19 266 ta bilan BYD, 9 106 ta bilan Chery, 6 950 ta bilan Haval, 863 ta bilan Hyundai va 376 ta bilan Isuzu D-Max qayd etilgan.

Modellar bo‘yicha eng katta talab Chevrolet Cobalt‘ga bo‘lib, 98 976 ta sotilgan. Undan keyin Chevrolet Damas (88 735) va Chevrolet Tracker (36 957) turgan.

Eng ommabop o‘nlikka shuningdek Chevrolet Labo (27 806), Chevrolet Onix (24 849), KIA Sonet (15 072), BYD Song Plus DM-i Champion (5 727), BYD Yuan Up (5 007), BYD Chazor (3 988) va Haval M6 (3 800) kirgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling