Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
O'zbekistonda avtomobil savdosi sentyabr oyida 6,4 foizga kamaydi, ammo elektr transport vositalariga talab rekord darajaga yetdi

O'zbekistonda avtomobil savdosi sentyabr oyida 6,4 foizga kamaydi, ammo elektr transport vositalariga talab rekord darajaga yetdi

O'zbekistonda avtomobil savdosi sentyabr oyida 6,4 foizga kamaydi, ammo elektr transport vositalariga talab rekord darajaga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi avtomobil bozori dinamikasi bo‘yicha yangilangan tahlilini taqdim etdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida yengil avtomobillar savdosi 84,6 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 6,4%ga kamaygan.

Eng katta pasayish Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etildi.

Shu bilan birga, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida savdo hajmlarining o‘sishi kuzatildi.

Sentyabr oyida yangi yengil avtomobillar segmentida faollikning mavsumiy tushishi kuzatilib, savdo hajmi 15,2%ga kamayib, 31,9 ming donani tashkil etdi.

Ushbu segmentda mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar ustuvorlikni saqlab qoldi — ularning sotuvi 27,4 ming donani tashkil etib, avvvalgi oyga nisbatan 16,1%ga kamaydi.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 4,5 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 8,9%ga kamaydi.

Sentyabr oyida ikkillamchi yengil avtomobillar bozorida 52,6 ming dona mashina sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan oyga nisbatan atigi 0,1%ga kamdir.

Sentyabr oyida 7,8 ming dona elektromobil sotilib, bu avgust oyiga nisbatan 21,6 foizga ko‘pdir va rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Joriy yilning 3-choragida sotilgan yengil elektromobillar soni 20,7 ming donani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan.

Eng yuqori o‘sish Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling