O‘zbekistonda avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 24,1 foizga yetdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 6 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha yillik foiz stavkasi 24,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Markaziy banki maʼlum qildi. Shu bilan birga, tijorat banklarida mikrozaymlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 33,7 foizga yetgan.
Avtokreditlar orasida eng maqbul shartlarni Garant Bank taklif etmoqda — yillik 16 foiz. Undan keyingi o‘rinlarda «Ipoteka bank» (19,8 foiz) va InFinBank (20,5 foiz) joylashgan.
Eng yuqori foiz stavkalari SQB (27 foiz), Hamkor Bank (27,5 foiz) va Madad Invest Bank (27,9 foiz)da qayd etilgan.
Mikrozaymlar segmentida eng past stavka “Aloqabank” va b Trust Bankda — 25,8 foiz, InFinBankda esa 26 foizni tashkil etmoqda.
Eng yuqori mikrozaym stavkalari TBC Bankda — 42,8 foiz, Anor Bankda — 40,9 foiz va Apex Bankda — 39,9 foizni tashkil etadi.
Markaziy bank maʼlumot berishicha, hisob-kitoblarda faqat bozor sharoiti emas, balki biznes uchun imtiyozli dasturlar hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus kredit shartlari ham inobatga olingan.
O‘rtacha hisobda jismoniy shaxslar uchun (mikrozaymlarsiz) kredit stavkalari 23,5 foizni, yuridik shaxslar uchun esa 22,7 foizni tashkil etgan.