Valyuta kurslari 15/12/2025
$1 – 12097.93
UZS – 0,42%
€1 – 14194.50
UZS – 0,68%
₽1 – 151.77
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekistonda ATTO tizimi 2025 yil noyabr oyida tranzaksiyalar hajmini 28 foizga oshirdi

O‘zbekistonda ATTO tizimi 2025 yil noyabr oyida tranzaksiyalar hajmini 28 foizga oshirdi

O‘zbekistonda ATTO tizimi 2025 yil noyabr oyida tranzaksiyalar hajmini 28 foizga oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil noyabr oyida poytaxt va hududlarda jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash uchun qo‘llaniladigan ATTO tizimi yo‘lovchilar faolligining sezilarli o‘sishini ko‘rsatib, kundalik safarlarning muhim qismiga aylandi.

Bir oy davomida jamoat transportida 66,9 millionta tranzaksiya qayd etildi, bu 2024 yil noyabr oyi ko‘rsatkichlaridan 28 foizga yuqori.

Transport kartalari orqali 17,2 millionta operatsiya amalga oshirildi, bank kartalari orqali to‘lovlar esa 139 foizga oshib, 41,6 millionta tranzaksiyaga yetdi.

Metropoliten yo‘lovchilari yangi to‘lov usullaridan faol foydalandilar: qog‘ozli QR-biletlar orqali 1,5 millionta, mobil QR-kod yordamida esa 1,4 millionta tranzaksiya amalga oshirildi. Virtual ATTO kartalari bo‘yicha operatsiyalar 138 foizga o‘sib, 511 350 ta tranzaksiyani tashkil etdi.

Jami 24 458 ta transport kartasi sotildi, 13 236 ta virtual karta yaratildi.

Respublika hududlarida o‘sish surʼati yana-da yuqori bo‘ldi: tranzaksiyalar soni 273 foizga oshib, 11,5 millionta operatsiyaga yetdi.

Ushbu natijalar aholining yo‘l haqini to‘lashda zamonaviy raqamli yechimlarga bo‘lgan yuqori qiziqishini va ATTO tizimining samarali joriy etilganini ko‘rsatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling