Valyuta kurslari 22/09/2025
$1 – 12349.87
UZS – 0,29%
€1 – 14524.68
UZS – -0,38%
₽1 – 148.15
UZS – -0,07%
Qidirish
O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026 yil 15 yanvar holatiga ko‘ra 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi.

Ro‘yxatga olish tadbiri “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini 2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 1 martgacha bo‘lgan davrda jalb etish orqali o‘tkaziladi.

Bunda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda masʼul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishini taʼminlaydi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2026 yil 15 yanvardan 31 yanvargacha o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini taʼminlaydi.

Bundan tashqari, tuman (shahar)larda ro‘yxatga olish shtablari tashkil etiladi va ularning faoliyati nazorat qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling