Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
O‘zbekistonda 9 oy ichida 1,5 million tonna uzum hosili yig‘ib olindi

O‘zbekistonda 9 oy ichida 1,5 million tonna uzum hosili yig‘ib olindi

O‘zbekistonda 9 oy ichida 1,5 million tonna uzum hosili yig‘ib olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025–yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 1,5 mln tonna uzum yetishtirilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 % ga o‘sgan.

Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchilikni Samarqand viloyati saqlab qolgan — bu yerda 567,2 ming tonna uzum yig‘ib olingan. Buxoro viloyatida 184,7 ming tonna, Farg‘ona viloyatida 151 ming tonna, Namangan viloyatida 97,6 ming tonna, Qashqadaryo viloyatida esa 90,3 ming tonna hosil olingan.

Surxondaryo viloyatida 84,2 ming tonna, Navoiy viloyatida 76,8 ming tonna, Toshkent viloyatida 76,2 ming tonna, Andijon viloyatida esa 60,3 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Xorazm viloyatida 36,2 ming tonna, Jizzax viloyatida 24,6 ming tonna, Sirdaryo viloyatida 12,6 ming tonna, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6,8 ming tonna va respublika poytaxtida 120 tonna uzum yig‘ib olingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling