Valyuta kurslari 26/11/2025
$1 – 11936.89
UZS – -0,43%
€1 – 13769.20
UZS – -0,39%
₽1 – 151.56
UZS – -0,3%
Qidirish
O‘zbekistonda 624 mingta ijara shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ular bo‘yicha deyarli 1 trln so‘m soliq hisoblangan

O‘zbekistonda 624 mingta ijara shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ular bo‘yicha deyarli 1 trln so‘m soliq hisoblangan

O‘zbekistonda 624 mingta ijara shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ular bo‘yicha deyarli 1 trln so‘m soliq hisoblangan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Soliq organlarida 624 mingga yaqin ijara shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilib, ular bo‘yicha 957,6 mlrd so‘m miqdorida soliq hisoblangan.

Shulardan jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 445,1 mingta shartnoma bo‘yicha jismoniy shaxslar daromad solig‘i 732,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024 yilning shu davriga nisbatan bunday shartnomalar soni 11,1 %ga, hisoblangan soliq hajmi esa 50,8 %ga oshgan.

Yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan 178,7 mingta shartnoma bo‘yicha esa 225 mlrd so‘m soliq hisoblangan. Bu o‘tgan yilga nisbatan shartnomalar soni bo‘yicha 13,5 %ga, soliq hajmi bo‘yicha esa 21,6 %ga ko‘pdir.

Talabalarga ijaraga beradigan uy egalariga alohida imtiyoz beriladi: bunday ijaralardan olinadigan daromad soliqqa tortilmaydi.

Yanvar–oktyabr oylarida qo‘llanilgan ushbu imtiyoz hajmi 50,4 mlrd so‘mga yetdi.

Talabalar bilan 114,4 mingdan ortiq ijara shartnomalari tuzilgan bo‘lib, ijarada turgan talaba-ijarachilarning umumiy soni 135 276 nafarni tashkil etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling