Valyuta kurslari 09/07/2025
$1 – 12712.09
UZS – 0,28%
€1 – 14927.81
UZS – 0,36%
₽1 – 162.64
UZS – 1,0%
Qidirish
Iqtisod 09/07/2025 O‘zbekistonda 5 oyda 12,4 ming tonna mis quvur ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda 5 oyda 12,4 ming tonna mis quvur ishlab chiqarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonning yirik korxonalari tomonidan 12,4 ming tonna mis quvur va naycha ishlab chiqarildi. Bu haqda maʼlumotni Milliy statistika qo‘mitasi eʼlon qildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 37,1 tonnaga oshdi, bu esa 0,3 foizlik o‘sishni tashkil etadi.

Statistikaga ko‘ra, ushbu mahsulot turi bo‘yicha ishlab chiqarish so‘nggi yillarda ijobiy dinamikani namoyon etmoqda.

Xususan, 2023 yilning besh oyida 9 741,4 tonna mis quvur va naycha ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 12 378,9 tonnani, joriy yilda esa 12 416 tonnani tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling