Valyuta kurslari 02/02/2026
$1 – 12225.16
UZS – 0,21%
€1 – 14560.17
UZS – -0,17%
₽1 – 162.01
UZS – 0,95%
Qidirish
O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq fuqaro “quyosh” elektr energiyasi uchun 209 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya oldi

O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq fuqaro “quyosh” elektr energiyasi uchun 209 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya oldi

O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq fuqaro “quyosh” elektr energiyasi uchun 209 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda O‘zbekistonda 45 381 nafar jismoniy shaxs quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, yagona energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi uchun Davlat byudjetidan subsidiya oldi. Jami to‘lovlar hajmi 209,201 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Subsidiyalarning eng katta qismi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, 55,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 29,1 mlrd so‘m va Buxoro viloyati 25,7 mlrd so‘m ko‘rsatkich bilan joy oldi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 18,2 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 13,5 mlrd so‘m va Toshkent shahrida 13,3 mlrd so‘m miqdorida subsidiyalar qayd etildi.

Dekabr oyi yakuniga ko‘ra, 16 123 nafar foydalanuvchi subsidiya olgan bo‘lib, bir oylik to‘lovlar hajmi 7,49 mlrd so‘mni tashkil etdi.

«Quyoshli xonadon» dasturi 2023 yil 1 apreldan amal qilib kelmoqda. Unga muvofiq, jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, shaxsiy ehtiyojdan ortiq holda yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun Davlat byudjetidan 1 000 so‘m miqdorida subsidiya to‘lanadi.

Subsidiyani Soliq mobil ilovasi orqali, «Keshbek va imtiyozlar» bo‘limidagi «Quyoshli xonadon» quyi bo‘limi orqali bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling