Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekistonda 22 100 hunarmand faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 22 100 hunarmand faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 22 100 hunarmand faoliyat yuritmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 100 tani tashkil etgan.

Eng ko‘p hunarmandlar poytaxt Toshkentda jamlangan bo‘lib, u yerda 2 964 nafar faoliyat yuritadi.

Son jihatidan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 2 743 nafar va Samarqand viloyatida 2 179 nafar hunarmandlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Andijon va Namangan viloyatilarda mos ravishda 2 058 va 2 024 nafar hunarmandlar ishlamoqda. Xorazm viloyatida 1 982, Toshkent viloyatida 1 731 hunarmand faoliyat yuritadi.

Buxoro va Qashqadaryo viloyatilarda 1 434 va 1 427 nafar, Qoraqalpog‘istonda 981, Jizzaxda 923, Surxandaryoda 786, Sirdaryoda 449, Navoiyda esa 419 nafar hunarmand faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling