 
                            
                                O‘zbekistonda 2025 yilning 9 oyida o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan ko‘proq tug‘ildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida yangi tug‘ilgan bolalar orasida o‘g‘il bolalar soni qizlarga nisbatan ko‘proq bo‘lgan.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur davrda FHDYO organlari tomonidan 664,6 mingta tug‘ilish holati qayd etilgan. Shulardan 343,6 mingtasi (51,7 %) — o‘g‘il bolalar, 321 mingtasi (48,3 %) — qiz bolalardir.
Yashash joyi bo‘yicha taqsimlanish natijalariga ko‘ra, shaharlarda 319,3 ming nafar (48 %) bola, qishloq joylarida esa 345,3 ming nafar (52 %) bola dunyoga kelgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda tug‘ilish darajasi har ming nafar aholiga 23,5 nafar boladan to‘g‘ri kelgan.