Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda 2025 yilning 9 oyida 15 mingdan ortiq egizak tug‘ildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 664,6 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan.
Shundan 649 041 nafar bola yakka tartibda tug‘ilgan, 15 136 holatda egizaklar dunyoga kelgan, 421 holatda esa uch egizak yoki undan ortiq bolalar tug‘ilgan.