Valyuta kurslari 25/02/2026
$1 – 12187.68
UZS – -0,4%
€1 – 14366.84
UZS – -0,51%
₽1 – 159.09
UZS – -0,01%
Qidirish
O‘zbekistonda 2025 yilda 44 ta oziq-ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi

O‘zbekistonda 2025 yilda 44 ta oziq-ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi

O‘zbekistonda 2025 yilda 44 ta oziq-ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda O‘zbekistonda oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining asosiy sababi uy sharoitida tayyorlangan sabzavot konservalar bo‘ldi. Bu haqda Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida o‘tkazilgan tekshiruvlar yakunlarini, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Respublika bo‘yicha jami 44 ta zaharlanish holati ro‘yxatga olingan. Shulardan 29 tasida uy sharoitida tayyorlangan sabzavot konservalarini isteʼmol qilgan 63 nafar shaxs, jumladan 17 nafar bola jabrlangan.

Olti holatda esa zaharlanish maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari orasida qayd etilgan.

Bundan tashqari, tekshiruvlar davomida yaroqlilik muddati o‘tgan, organoleptik ko‘rsatkichlari talabga javob bermagan yoki sifati va xavfsizligi tasdiqlanmagan 33 230 tonna oziq-ovqat mahsuloti yaroqsiz deb topilgan.

Eng katta hajm qand va qandolat mahsulotlariga to‘g‘ri kelib, 259 tonnani tashkil etgan. Shuningdek, alkogol va alkogolsiz ichimliklar 251 tonna, mevalar, sabzavotlar va poliz ekinlari 220 tonna, go‘sht mahsulotlari esa 106 tonna bo‘lgan.

Sanitariya idoralari fuqarolarni uy sharoitida tayyorlangan konservalarni, shuningdek xavfsizligi tasdiqlanmagan har qanday oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilmaslikka chaqirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling