Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
O‘zbekistonda 2025 yil yanvar–sentyabr oylarida o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar–sentyabr oylarida o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar–sentyabr oylarida o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasida 2025 yil yanvar–sentyabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 166,9 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 % ga o‘sgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori to‘g‘risidagi maʼlumotlar 2025 yilning yanvar–sentyabr oylari uchun keltirilgan bo‘lib, 2024 yilning mos davri bilan taqqoslangan.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Toshkent shahrida 10 379,6 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 % ga o‘sganligi kuzatildi.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 4 853,3 ming so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 124,8 %), Namangan viloyatida 4 543,8 ming so‘mni (120,9 %), Sirdaryo viloyatida 4 930,8 ming so‘mni (120,7 %), Farg‘ona viloyatida 4 574,5 ming so‘mni (119,8 %) va Jizzax viloyatida 4 589,0 ming so‘mni (119,2 %) tashkil etgan.

O‘z o‘rnida, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Andijon viloyatida 4 996,5 ming so‘mni (112,0 %), Navoiy viloyatida 7 612,3 ming so‘mni (115,1 %), Qashqadaryo viloyatida 4 270,8 ming so‘mni (117,2 %), Toshkent viloyatida 5 803,6 ming so‘mni (117,3 %), Xorazm viloyatida 4 833,7 ming so‘mni (117,6 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 902,3 ming so‘mni (117,6 %), Buxoro viloyatida 4 953,1 ming so‘mni (118,2 %) hamda Surxondaryo viloyatida 4 347,2 ming so‘mni (118,4 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan o‘sish surʼati pastroq ekanligi kuzatildi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori haqida maʼlumotlar 2025 yilning yanvar–sentyabr oylariga oid bo‘lib, 2024 yilning mos davriga nisbatan taqqoslangan. Bu taqqoslash orqali sohalar kesimida farqlar va o‘zgarishlar tahlil qilindi.

O‘rtacha oylik nominal ish haqi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori o‘sish surʼatlari sanʼat, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida qayd etildi. Xususan, mazkur sohada 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 122,8 % ni tashkil yetib, ish haqi miqdori 5 114,7 ming so‘mga yetgani kuzatildi.

Shuningdek, taʼlim yo‘nalishida ham sezilarli o‘sish qayd yetilib, ish haqi miqdori 4 188,5 ming so‘mni tashkil etdi (o‘sish – 19,8 %). Tashish va saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi 9 382,1 ming so‘mni tashkil etib, 16,7 % ga, axborot va aloqa sohasida esa 14 985,8 ming so‘mga yetdi (16,6 % o‘sish). Sanoat sohalarida o‘rtacha ish haqi 7 301,0 ming so‘mni tashkil etib, 16,3 % ga oshgani qayd etildi.

Shu bilan birga, qurilish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 6 342,6 ming so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 % ga oshdi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida bu ko‘rsatkich 5 122,8 ming so‘mni tashkil etib, 10,1 % ga, savdo sohasida 6 875,6 ming so‘mni tashkil etib, 12,1 % ga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida 3 765,4 ming so‘mni tashkil etib, 14,6 % ga oshdi.

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasida esa o‘rtacha oylik ish haqi 16 828,9 ming so‘mni tashkil etib, 15,6 % ga o‘sdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdorining so‘nggi besh yildagi o‘zgarishi tahlil yetilganida, 2025 yilning 3 choragida bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasida ish haqi miqdori 16 828,9 ming so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 9 092,0 ming so‘mga oshganligi kuzatildi.

Shuningdek, so‘nggi besh yilda axborot va aloqa sohasi bo‘yicha ish haqi miqdori 9 789,1 ming so‘mga, tashish va saqlash sohasida 5 515,8 ming so‘mga, sanoat sohasida 3 407,9 ming so‘mga, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 2 824,6 ming so‘mga va qurilish sohasida 2 728,6 ming so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.

Sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 7 301,0 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdori tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida 9 646,5 ming so‘m, elektr, gaz, bug‘ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash sohasida 8 979,4 ming so‘m, ishlab chiqarish sanoati sohasida 6 987,2 ming so‘m, suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sohasida 4 721,8 ming so‘m ekanligi kuzatildi.

Savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 6 875,6 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdori avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni taʼmirlash tarmog‘ida 9 014,9 ming so‘mni, avtomobil va mototsikllarning savdosidan tashqari ulgurji savdo sohasida 7 165,7 ming so‘mni, avtomobil va mototsikllarning savdosidan tashqari chakana savdo sohasida 6 323,9 ming so‘mni tashkil etgan.

Tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 9 382,1 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning ayrim sohalari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdori ombor xo‘jaligi va yordamchi transport sohasida 10 324,2 ming so‘mni, quruqlikdagi va quvur transporti sohasida 7 948,0 ming so‘mni, pochta va kuryerlik faoliyati sohasida 4 314,1 ming so‘mni tashkil etgan.

Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 14 985,8 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning ayrim sohalari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar sohasida 19 995,7 ming so‘m, axborot xizmati ko‘rsatish sohasida 18 642,9 ming so‘mni, aloqa sohasida 11 758,6 ming so‘mni tashkil etgan.

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 16 828,9 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi majburiy ijtimoiy sug‘urtalashdan tashqari, qayta sug‘urtalash va nafaqa jamg‘armalari sohasida 20 972,9 ming so‘mni, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyat sohasida 18 142,8 ming so‘mni, sug‘urtalash va nafaqa taʼminotidan tashqari moliyaviy xizmatlar sohasida 16 456,3 ming so‘mni tashkil etgan.

Taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 188,5 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy taʼlim sohasida 9 513,3 ming so‘mni, texnik va professional taʼlim sohasida 4 259,7 ming so‘mni, umumiy o‘rta taʼlim sohasida 4 136,7 ming so‘mni, maktabgacha taʼlim sohasida esa 2 771,5 ming so‘mni tashkil etgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling