Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda 2025 yil yanvar oyida 3,87 mlrd kubometr gaz qazib olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi kamayishda davom etmoqda.
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar oyida mamlakatda 3,87 mlrd kubometr gaz qazib olingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3% kam.
Shuningdek, neft qazib olish 8,7% ga kamayib, 55,1 ming tonnani tashkil etdi.
Gaz kondensati ishlab chiqarish ham pasayib, 101 ming tonnani tashkil qildi, bu 2024 yil yanvar oyiga nisbatan 9,6% kam.
Shu bilan birga, ko‘mir sanoatida o‘sish kuzatildi — 2025 yil yanvar oyida 408,8 ming tonna ko‘mir qazib olindi, bu o‘tgan yilga nisbatan 14,3% ko‘p.