Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekistonda “1FIT” kompaniyasi chalg‘ituvchi reklama uchun jarimaga tortildi

O‘zbekistonda “1FIT” kompaniyasi chalg‘ituvchi reklama uchun jarimaga tortildi

O‘zbekistonda “1FIT” kompaniyasi chalg‘ituvchi reklama uchun jarimaga tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda reklama qonunchiliga rioya qilish yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan monitoringlarda “1FIT” MCHJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi maʼno ifodalanganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “1FIT” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling