O'zbekistonda 1,9 milliard so'mlik uchta davlat xaridlari shartnomasida qoidabuzarliklar aniqlandi.
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari umumiy qiymati 1,9 milliard so'm bo'lgan uchta davlat xaridlari shartnomasida qoidabuzarliklarni aniqladilar, deb xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Tekshiruvlar davomida eng katta qoidabuzarlik, Urganch dzyudo sport mahorati maktabi buyurtmachiligidagi jami 1,6 mlrd so‘mlik, Xorazm viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligidagi 298 mln so‘mlik qayd etilgan.
Bundan tashqari, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi buyurtmachiligidagi 32,5 mln so‘mlik davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning bir qator talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishiga hamda ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha Agentlikning taqdimnomalari asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, qayd etilgan davlat xaridlari qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.
O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.