Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekistonda 15–17 yoshli qizlar o‘rtasida 155 ta erta nikoh holati qayd etildi

O‘zbekistonda 15–17 yoshli qizlar o‘rtasida 155 ta erta nikoh holati qayd etildi

O‘zbekistonda 15–17 yoshli qizlar o‘rtasida 155 ta erta nikoh holati qayd etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil boshidan buyon O‘zbekistonda 15–17 yoshli qizlar o‘rtasida 155 ta erta nikoh holati aniqlangan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov 14 oktyabr kuni davlat rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mahallalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari yoshlar, ayniqsa qizlar orasidagi erta nikoh holatlaridan jiddiy xavotir bildirgan hamda mamlakatda hanuz qarindoshlar o‘rtasida nikohlar uchrab turayotganini taʼkidlagan. «Zamonaviy tibbiyot erta nikohlar va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar nogiron farzand tug‘ilishi xavfini keskin oshirishini isbotlagan», — dedi Xudayarov.

Sog‘liqni saqlash vaziri shuningdek, yig‘ilishda bir kalendar yili davomida ayollar ikki marta homilador bo‘lgan holatlar muhokama qilinganini bildirdi. Buning sababi tug‘ruqlar orasida zarur tanaffusga amal qilinmagani bo‘lib, natijada zaif va kasal bolalar dunyoga kelayotgani taʼkidlandi.

«Prezident shunday holatlarni oldini olish va Yangi O‘zbekistonni qurishda ishtirok etadigan sog‘lom avlod tug‘ilishini taʼminlash uchun joylardagi sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari mahalla qo‘mitalari, ayollar qo‘mitalari, diniy arboblar va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda o‘z vazifalariga yana-da masʼuliyat bilan yondashishlari lozimligini taʼkidladi», — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Xudayarovning taʼkidlashicha, bu masala bo‘yicha keng ko‘lamli axborot-maʼrifiy ishlar olib boriladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar takrorlansa, ular mahalla darajasida muhokama etiladi hamda ularning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling