O‘zbekistonda 1 oktyabrdan “chiroyli” avtomobil davlat raqamlarini sotib olishning yangi tartibi kuchga kirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 oktyabridan boshlab O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil davlat raqamlarini xarid qilishning yangi tartibi amalga joriy etildi. Endi bunday raqamlarni Safe Road YHXX mobil ilovasi orqali olish mumkin.

Fuqarolar uchun xizmat narxi 7 million so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 17 baravari), yuridik shaxslar uchun esa 10,3 million so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari) etib belgilandi.

1-bosqichda avval auksionga chiqarilgan, ammo sotilmay qolgan 1–3-kategoriyadagi raqamlar bazada joylashtirildi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab esa istalgan harf kombinatsiyasi va raqamni tanlab, tegishli to‘lovni amalga oshirgan holda xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling