O‘zbekistonda 1 iyul holatiga ko‘ra 4,6 milliondan ortiq shaxsiy avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 612,7 ming avtotransport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ushbu avtoparkning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi, ular umumiy soning 93 foizini tashkil qiladi.
2024 yilning shu davriga nisbatan avtomobillar soni 441,5 mingtaga ko‘paygan.
Aholiga tegishli umumiy avtotransport vositalari tarkibida 4 mln 289 mingini yengil avtomobillar, 302,6 mingini yuk mashinalari, 7,7 mingini mikroavtobuslar, 7,3 mingini maxsus transport vositalari va 6,1 mingini avtobuslar tashkil etadi.