Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston–Belarus:  agrosanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirishda ekspertlik yondashuv

O‘zbekiston–Belarus:  agrosanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirishda ekspertlik yondashuv

O‘zbekiston–Belarus: agrosanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirishda ekspertlik yondashuv

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida “O‘zbekiston – Belarus: agrosanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirishda ekspertlik nigohi” mavzusida 5-seksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Seksiya yig‘ilishida agrosanoat sohasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish, zamonaviy agrotexnologiya va innovatsion yechimlarni joriy etish, investitsiya loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, fermer xo‘jaliklari va agrar klasterlar faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ilmiy yondashuv va innovatsiyalarga tayangan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Belarusning agrosanoat sohasidagi yuqori texnologiyalari, mexanizatsiya va kadrlar tayyorlashdagi tajribasi O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyatga ega hamkorlik asoslaridan biri sifatida qayd etildi.

Seksiya yig‘ilishida taʼkidlanganidek, 2024-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida agrosanoat va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha savdo aylanmasi 234,2 mln AQSH dollarini, 2025-yilning yanvar–may oylarida esa mazkur ko‘rsatkich 122,7 mln dollarni tashkil etgan.

Yig‘ilish yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Milliy fanlar akademiyasining V.F. Kuprevich nomidagi Eksperimental botanika instituti hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Milliy fanlar akademiyasining “Zig‘ir instituti” Respublika ilmiy shoʻba unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling