Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ispaniyadagi turnirda penaltilar orqali Kanadani mag‘lub etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-17) Ispaniyada o‘tkazilayotgan xalqaro Costa De La Luz U18 turnirining ikkinchi turida Kanadaga qarshi bahsda penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.
Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston jamoasi safida Abdusamad Saidov va Sadriddin Xasanov gol urdilar.
11 metrli zarbalar seriyasida o‘zbekistonlik futbolchilar raqibdan aniqroq harakat qilib, 6:5 hisobida zafar quchdilar.
Turnirning navbatdagi uchrashuvini O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 9 sentyabr kuni Marokash jamoasiga qarshi o‘tkazadilar.