Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
Iqtisod 04/08/2025 O‘zbekiston yarim yilda $10,8 mln qiymatida gilam eksport qildi

O‘zbekiston yarim yilda $10,8 mln qiymatida gilam eksport qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 10,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 mln m² gilam eksport qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, eng ko‘p gilam Qirg‘iziston Respublikasiga — 1 million 86 ming kvadrat metr miqdorida yetkazib berilgan. Ikkinchi o‘rinda Ozarbayjon turibdi — bu mamlakatga 969 ming kvadrat metr gilam eksport qilingan. Afg‘onistonga 725 ming, Rossiyaga 429 ming, Qozog‘istonga esa 334 ming kvadrat metr gilam yuborilgan.

Qolgan davlatlarga esa jami 61 ming kvadrat metr gilam mahsuloti eksport qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling