O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda Pokiston rahbariyati vositachiligida eʼlon qilingan to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish va sulh o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Rasmiy bayonotda taʼkidlanishicha, mazkur qaror keskinlikni pasaytirish va o‘zaro maqbul yechimlarni topishga qaratilgan siyosiy-diplomatik muloqot uchun sharoit yaratish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

O‘zbekiston barcha tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga, yangi keskinliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga va mintaqada barqaror tinchlik hamda xavfsizlikka erishish uchun konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga chaqirdi.

Shuningdek, bayonotda mamlakatning nizolarni faqat tinch yo‘l bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga qatʼiy muvofiq tarzda hal etish zarurligi haqidagi o‘zgarmas pozitsiyasi taʼkidlandi.

Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga rozilik bildirdi, bungacha Tehron manziliga “jazo” haqida tahdidlar bildirilganiga qaramay. Tomonlar shunday kelishuvni muhokama qilishni rejalashtirmoqdaki, unga ko‘ra Eronga nisbatan barcha sanksiyalar bekor qilinadi, u yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya oladi va Ormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qoladi.

O‘zining ultimatumi yakunlanishiga bir necha soat qolganda Tramp AQSH Eronga qarshi operatsiyada barcha harbiy vazifalarni «ortig‘i bilan bajarganini» maʼlum qildi va Pokiston tashabbusi bilan ilgari surilgan sulhni qo‘llab-quvvatladi. Prezident shunday dedi: «Ular mendan Eronga vayronkor kuchlarni yuborishdan tiyilishni so‘rashdi va agar islom respublikasi Ormuz bo‘g‘ozini to‘liq, darhol va xavfsiz ochishga rozi bo‘lsa, men bombardimon va hujumlarni ikki haftaga to‘xtatishga tayyorman».

Vashington Tehrondan o‘n bandiga ega tinchlik taklifini oldi, uni Tramp muloqot uchun maqbul asos deb baholadi. Barcha kelishilmagan masalalar ikki hafta ichida hal qilinishi kerak, shundan so‘ng yakuniy kelishuv imzolanadi. Muzokaralarning birinchi bosqichi 10 aprel kuni Islomobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eron o‘t ochishni to‘xtatishni tasdiqlab, buni «katta g‘alaba» deb atadi. Rasmiy bayonotda shunday deyiladi: «Dushman Eron xalqiga qarshi olib borgan xiyonatkor, noqonuniy va jinoiy urushida inkor etib bo‘lmas, tarixiy va halokatli mag‘lubiyatga uchradi».

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling